Bo’yoqning qisqacha tarixi
Bo’yoq birinchi marta taxminan 20.000 yil oldin ishlatilgan deb taxmin qilinadi. Ma’lumki, odamlar g’orlarda rasm chizishgan va o’z hayotlarini tasvirlashgan. Ushbu rasmlarni chizishda ular xom bo’yoqlardan foydalanishgan. Keyinchalik odamlar toshlardan bo’yoq ishlab chiqarish, ba’zi moddalar va o’simliklarni qaynatish orqali yuzlab, hatto minglab yillar davomida bo’yoq ishlab chiqardilar.
Bugungi kunda dekorativ, himoya qiluvchi va boshqa ko’plab maqsadlarda qo’llaniladigan zamonaviy/yangi nasl bo’yoqlari sanoat inqilobidan keyin katta sur’atlarda ishlab chiqarila boshlandi, deyarli har bir mintaqadagi fabrikalarda va kimyo laboratoriyalarida ishlab chiqarilishda davom etdi.
Bugungi bo’yoqlar birinchi marta qachon ishlab chiqarila boshlandi?
Bugungi sanoat bo’yoqlarini ishlab chiqarish 1700-yillarda yo’lga qo’yildi. Sanoat inqilobidan keyin fabrikalashtirish jarayoni tez sur’atlar bilan o’sib bordi va bo’yoq zavodlari tashkil etildi. Birinchi bo’yoq zavodi AQShning Boston shahrida tashkil etilgan. Biroq, bo’yoq 1867 yilda Ogayo shtatidan D.R.Averill tomonidan patentlangan. Uning Amerika Qo’shma Shtatlarida tayyorlagan bo’yoqlari, bugungi kundagi tayyor bo’yoqlarning birinchi namunasidir. Bo’yoqning keng tarqalgan davri 1880-yillardan boshlanadi.
Shu vaqtdan boshlab, bo’yoqlar doimiy ravishda rivojlanib, yangilanib, ishlab chiqarilishi davom ettirildi. Atrof-muhitning ifloslanishi haqida ma’lumotlar va bilim madaniyati yuqori ko’rsatgichga kuchayganligi sababli, ekologik toza bo’yoqlar ishlab chiqarila boshlandi; qolaversa inson sog’lig’iga zararsiz mahsulotlar paydo bo’la boshladi.