“Tanlagan bo'yoq rangingiz bu sizning xarakteringizni aks ettiradi. Bo‘yog'ingizni tanlang, hayotingizga olg'a davom eting!”
Xonangiz devorlari uchun:
Uyning bezaklari, arxitekturasi va mebel dizaynini yaqqol qilib ko’rsatadigan eng muhim omillardan biri bu xonalarning ranglaridir. Bo’yoqni tanlash muhim bo’lganidek ranglarni devorga bo’yash ishlovi ham katta qunt talab qiladi. Devorda yuzaga keladigan nuqsonlarni qoplash uchun devorni silliq qilib bo’yash muhim ahamiyat kasb etadi. Agarda siz makoningiz xususiyatlari uchun didingizga mos ranglarni tanlagan bo’lsangiz, unda bo’yash ishlovining ba’zi qirralarini ko’rib chiqaylik.

Sizga kerak bo'ladigan asbob uskunalar quyidagicha
- Bo’yoq setkasi,
- Shpatel,
- Qum qog’oz,
- Bo’yoq cho’tkasi,
- Suv va toza lattalar,
- Bo’yoq rulosi,
- Shoti,
- Qog’oz lenta (oynak va eshiklarga bo’yoq tegmasligi uchun),
- Bo’yoq aralashmasi uchun,
- Gips yoki shpaklyovka, shtukaturka (yoriqlarni yopish uchun va hokazo)

Tavsiyalar
Bo’yoq tarkibidagi aktiv moddalar tufayli atrof-muhitga hid tarqaladi. Salomatlik nuqtai nazaridan, bo’yoqlarni usti ochiq joyda ochishni maslahat beramiz. Usti ochiq joylarda ochilgan bo’yoqlarni bir muddat ventilyatsiya qiling.
Bo’yoq idishidagi ko’rsatmalarni diqqat bilan o’qing.
Keyin, bo’yoq qutisi bilan birga kelgan qorishmani retseptda ko’rsatilgan miqdorda qo’shing. Bo’yoqning miqdorini ko’paytirish yoki rangini ochish uchun ko’p suv qo’shmang. Chunki bu holat bo’yoqning tarkibiy tuzilishiga zarar etkazadi, bu esa ideal rangga erishishga to’sqinlik qiladi.
Ehtiyot chorasi sifatida, bo’yashdan oldin elektr tokini o’chirishni unutmang.

Bo'yoqni surkash jarayonida
Bo’yashni boshlashdan oldin devor sirtlari silliq bo’lishi muhim. Avvalgi bo’yoq qoldiqlari va namlik kabi omillar natijasida, devorlarda cho’tirlar va o’ngir-do’ngirliklar paydo bo’lishi mumkin. Shuningdek ba’zi joylarda chuqurchalar ham shakllanishi mumkin. Bunday chuqurliklarni gips bilan tekislang va ularni tekislash uchun qumqog’ozdan foydalanishingiz mumkin. Bu ishlov natijasida, bo’yoqdan keyin devorlar silliq ko’rinishga ega bo’ladi. Agar devorlar nam bo’lsa, bo’yoq surtmaslik kerak. Nam devorlarda bo’yoq kerakli darajadagi sifatni bermaydi va uzoq vaqt devorda turmaydi.
Bo’yash jarayonida birinchi navbatda cho’tkadan foydalanish kerak.
Deraza chetlari, devor tagliklari, elektr rozetkalari kabi nozik mahorat talab qiladigan joylarni rulo bilan bo’yamaslik kerak. Kerakli paytlarda, derazalarga va rozetkalarning atrofiga qog’ozli lenta yopishtirilishi mumkin. Qog’oz lenta sirtqi qatlamga zarar yetkazmaydi. U yopishmasdan osongina chiqib ketadi. Qog’oz lenta olib tashlangandan so’ng, bo’yoq rangida farq bo’lmasligi uchun ingichka cho’tka bilan bir qavat bo’yoq surkasangiz maqsadga muvofiq bo’ladi.
Cho’tkaning uchini bo’yoqqa 1 santimetrdan kamroq botiring va devorga yedirgan holda surkang. Buning natijasida devorda cho’tka izlari qo’lmaydi.
Agarda bo’yoq rulosidan foydalanmoqchi bo’lsangiz, uni bo’yoqqa to’liq botirmang. Ruloni bo’yoqning ustki qatlamida aylantirib bo’yoq emishini ta’minlang. (Rulo bilan bo’yoq surtish uchun, bo’yoq setkasidan foydalanishingiz ham mumkin. Bu setka, idishdan ko’p miqdorda bo’yoq olishning oldini oladi.)
So’ngra bo’yoqni qalin bo’lmagan saviyada devorga yoyib surkang. Birinchi qatlam yupqa bo’lishi kerak. Bo’yoq ishini dastlab shiftning chetlaridan boshlang. Buning uchun ingizchka va kichkina cho’tkadan foydalaning. Cho’tkaga taqiladigan uzun tutqich ishingizni osonlashtiradi.

Rangning Yuqori Sifatli To'nda Chiqishi Uchun Quyidagilarga E'tibor Bering
Birinchi qatlamni yupqa qilib surishingingiz kerak, buning natijasida bo’yoq tez quriydi. Birinchi qatlam qurigunga qadar kutib turing (kutish muddati bo’yoq qutisida ko’rsatilgan.) Bo’yoq to’la qurimasdan turib ikkinchi qatlamni surtmaslik kerak yoki qurigandandan so’ng ko’p vaqt o’tmasligi kerak.
Ikkinchi bo’yoq qatlamini surtishda ham yuqoridagi uslublarni qo’llang. Bu yerdagi yagona farq, ikkinchi qatlamni biroz qalinroq surtishingiz kerak. Agar ikkinchi bo’yoq qatlami oshiqcha miqdorda surkaladigan bo’lsa, bo’yoq qurigandan so’ng ba’zi joylar yorilishi mumkin.
Bo’yash jarayoni tugagandan so’ng, deraza chetlariga va rozetkalar atrofiga yopishtirilgan qog’oz lentalarini bo’yoq qurimasdan turib olib tashlang. Qog’oz lentalari olib tashlangan joylarda rang farqi bo’lmasligi uchun cho’tka bilan yengil bo’yoq surtib qo’ying.
Sizlarga taklifimiz: Xonadoningizga va ish joyingizga oʻzgacha jonlilik qoʻshish, rang-barang kontseptsiya yaratish yoki jozibali muhit yaratish uchun «INORIA DEKORATIV BOʻYOQLAR KOLLEKSIYA»mizni albatta koʻrib chiqing.

Binolaringizga tabiat estetikasini qo‘shing!
Tashqi fasadlar binoning estetik tashqi ko‘rinishi to‘g‘risida birinchi tasavvurni yaratadi shuning uchun tashqi qoplama bir vaqtning o‘zida ham o‘ziga jalb qiladigan, ham uzoq vaqtga bardosh beradigan bo‘lishi juda muhim. Tabiiy tosh – bu qancha vaqt o‘tmasin urfdan chiqmaydigan variantlardan biri va binoga nozik hashamdorlik muhitini bag‘ishlaydi.
Tabiatdan ilhomlangan INORIA TRAVERTEN tashqi qoplamalar uchun ko‘plab muhim afzalliklarni taklif etadi:
- Tabiiy go‘zallik: TRAVERTEN binoga vaqtga bo‘ysunmaydigan bashanglik va hasham bag‘ishlash bilan birga fasadlarga tabiiy tosh ko‘rinishini beradi. U oqdan jigarranggacha ranglarga o‘tishi tufayli har qanday me’morlik uslubi bilan uyg‘unlashadi.
- Quyosh nurlariga barqarorlik: TRAVERTEN quyosh nurlaridan himoyani ta’minlaydigan va binoingiz ekstereriga uzoq vaqtgacha chidamlilikni kafolatlaydigan pigmentlar tufayli rangning xiralashib ketishiga qarshi yuqori barqarorlikka ega.
- Suvga bardoshlilik: TRAVERTEN uning tarkibidagi maxsus qo‘shimchalar tufayli yomg‘ir va namlik sabab yuzaga keladigan zararlanishdan juda yaxshi himoyani ta’minlaydi.

Hashamdor va ajoyib dekorning siri: Yaltiroq devorlar
Bizning uylarimiz – bu shunchaki bizning turar joyga ehtiyojimizni qondiradigan xonalar emas, bu bizning kayfiyatimizni shakllantiradigan va hayot tarzimizni aks ettiradigan alohida joy. Uyingizda yaxshi muhit hosil qilishning eng samarali usuli – bu bezakning nozik jihatlari.
INORIA SIRIUS bilan uyingizga hashamatlilik va ulug‘vor ko‘rinish qo‘shing:
- Jilolanuvchi devorlar: SIRIUS ning marvarid effekti sizning turar joy makoningizni hayratda qoldiradigan qiladi va hashamatli muhit yaratadi. Qandillar va lampalar yorug‘ida bu jilolar yanada yorqinlashadi va xonaga jozibador muhit bag‘ishlaydi.
- Chuqurlik va o‘lcham: SIRIUS sizning xonalaringizga, ayniqsa tor joylarda foydalanilganda chuqurlik va o‘lcham qo‘shadi. Shu tariqa siz ancha keng, sig‘imdor va yoqimli muhitni yaratishingiz mumkin bo‘ladi.
- Dinamik me’morchilik: SIRIUS yordamida siz binoingizning me’morchilik tuzilmasiga ba’zi bir devorlardagi uncha katta bo‘lmagan chizgilar yordamida dinamik shakl va noodatiy xarakter bag‘ishlashingiz mumkin.
- Shaxsiy uslub: siz turli texnik chizgilar va surtmalar yordamida o‘ziga xos dizayn yaratishingiz va makonda o‘zingizning shaxsiy uslubingizni aks ettirishingiz mumkin.
- Joriy etishning oddiyligi: SIRIUS ni oddiy qo‘llanish imkoniyati tufayli siz bir-bir zo‘r berishlarsiz anchagina o‘zgartirishlarni amalga oshira olasiz.

Bolalar xonasi uchun bo‘yoq tanlashda nimalarni hisobga olish zarur
Bolalar xonalari – bu kichkintoylaringiz tasavvuri o‘sishini ta’minlaydigan, ular o‘ynaydigan va o‘sadigan alohida o‘ziga xos makon. Shu sababli ham bu xonalarni bezatish katta ahamiyat kasb etadi. Lekin, bolalar xonasi uchun bo‘yoq tanlar ekansiz, nafaqat rangga, balki salomatlik, xavfsizlik va bo‘yoqning amaliy jihatlariga e’tibor berish zarur.
Xalqaro Akkreditatsiya organ tomonidan ma’qullangan AMBER bo‘yog‘i o‘zining bakteriyalar va viruslarga qarshi hossalari tufayli bolalar xonalarida foydalanish uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Bolalar xonalari uchun INORIA AMBER ning afzalliklari:
- Sog‘lom muhit yaratadi: O‘zining bakteriyalar va viruslarga qarshi xossalari tufayli bolalar xonalarini mikroblardan tozalaydi.
- Allergik reaksiyalarning oldini oladi: O‘zining hidsiz formulasi tufayli allergik reaksiyalarni keltirib chiqarmaydi.
- Tozalash oson: Dog‘larga chidamli formulasi tufayli u oson tozalanadi va gigienikligicha qoladi.
- Ekologik toza: O‘zining suv asosidagi formulasi tufayli bu ekologik toza mahsulot.
Ichki fasadlar uchun AMBER ni tanlar ekansiz, siz bolalaringiz sog‘lom va xavfsiz muhitda o‘sayotganiga ishonch hosil qilishingiz mumkin bo‘ladi.