"Ranglarning kuchi bilan inson psixologiyasi o'rtasidagi yaqin bog'liqlik, o'zimizga yoqimli va ko'nglimizni ravshan qiluvchi ranglarni izlashga undaydi."

Ranglarning hayotimizga bo’lgan ta’siri:

Darhaqiqat, har bir insonning hayoti o’zgachaligi va o’ziga xos rangi bilan ajralib turadi. Insoniyat dunyomizni yanada rang-barang qilish uchun har doim izlangan, tafakkur qilgan va yangi g‘oyalarni ishlab chiqqan.

Misol tariqasida aytish joiz ki, quyoshning nuri quyoshning markazidan chiqib bizga etib kelgunga qadar taxminan 10 million yillik jarayondan o’tgan. Qolaversa, bizning dunyomizga etib kelgan yorug’likning bir qismi turli ob’ektlar tomonidan so’riladi, bir qismigina bizga aks etadi. Bizlar, kunning nuri ko’zimizga etib kelganidagina ob’ektlarning rangini idrok eta olamiz. Aslida 1666 yilda Isaak Nyuton quyosh nurini prizma orqali suzib ko’rib- barcha ranglarning idrok etilishi uchun quyosh nurining shart ekanligini aniqlaganidan beri – ranglarning hayotimizga bo’lgan ta’siri o’rganib kelinmoqda.

Ranglar bizning kayfiyatimizga, xulq-atvorimizga va xatti-harakatlarimizga ta’sir qiluvchi omil ekanini inkor etib bo’lmaydi. Ranglarning kuchi bilan inson psixologiyasi o’rtasidagi yaqin bog’liqlik, o’zimizga yoqimli va ko’nglimizni ravshan qiluvchi ranglarni topishga undaydi. Yashash joylarimizda xotirjamlik va halovat tuyg’usini, ish joylarimizda esa yuqori energiya va motivatsiyani ranglar vositasi bilan ta’minlash mumkin.

Bu insonni tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Bu rang xotirjamlikni va osoyishtalikni ifodalaydi, hamda teranglik va kenglik tuyg’usini uyg’otadi.

faollashtiruvchi ta’siri bilan qon aylanishini tezlashtiradi. Bu rang insonga hayajon va energiya beradi.

Bu oliyjanoblik, hashamat va dabdabaning rangi. Bu rang motivatsiyani oshiradi va ma’naviyatni mustahkamlaydi, deb ishoniladi.

ko’zni qamashtiradigan va diqqatni jalb qiladigan rang. Quyosh nuri kabi quvonch va xursandchilik bahshida qiluvchi ta’sirga ega.

poklik va ma’sumlikning ramzi. Bu rang ishlatiladigan muhitga kenglik bahsh etadi.

Qizil kabi energiya beruvchi xususiyati bo’lsa-da, u yumshoqroq ta’sirga ega. Bu rang romantik muhit yaratadi.

Ranglar jadvali

7-001

7-002

7-003

7-004

7-005

7-006

7-007

7-008

7-009

7-010

7-011

7-012

7-013

7-014

7-015

7-016

7-017

7-018

7-019

7-020

7-021

7-022

7-023

7-024

7-025

7-026

7-027

7-028

7-029

7-030

7-031

7-032

7-033

7-034

7-035

7-036

7-037

7-038

7-039

7-040

7-041

7-042

7-043

7-044

7-045

7-046

7-047

7-048

9-001

9-002

9-003

9-004

9-005

9-006

9-007

9-008

9-009

9-010

9-011

9-012

9-013

9-014

9-015

9-016

9-017

9-018

9-019

9-020

9-021

9-022

9-023

9-024

D-1001

D-1002

D-1003

D-1004

D-1005

D-1006

D-1007

D-1008

D-1009

D-1010

D-1011

D-1012

D-1013

D-1014

D-1015

D-1016

D-1017

D-1018

D-1019

D-1020

D-1021

D-1022

D-1023

D-1024

Eslatma: Ranglar jadvalidagi barcha ranglar monitor displey sozlamalari tufayli asl ranglaridan farq qilishi mumkin.

"Bir makonning o'lchami va qismlari kvadrat metr bilan emas, balki idrok kuchi bilan o'lchanadi! Idrokning diqqatni tortuvchi eng asosiy manbasi bu to'g'ri bo'yoqni tanlashdan boshlanadi.”

Bir makonning inson idrokida o’zini ifodalay olishi uchun, o’sha makonning dizaynida foydalanilgan ranglar katta ta’sirga ega. Bir makonning ranglari osha makonning odamlarda qoldiradigan taassurotiga va makon xaqidagi baholash mezonlariga bevosita ta’sir qiladi. Bir makonda, bir bo’limda yoki bir jabhaning o’zida turli qismlarni rang orqali yaratish mumkin. Biz kundalik hayotimizda ko’pgina joylarda shunga o’xshash dizayn va bo’limlarni ko’rib guvohi bo’lib turamiz.

Misol uchun, bir xonadonda kitob o’qish xonasi mavjud bo’lmasa, zalning bir qismini asosiy qismdan ajratib kitob o’qish qismini ranglar bilan bo’lib qo’yish mumkin. Bu holat, insonning kitob o’qishga bo’lgan maroqini yana ham oshiradi hamda o’sha qism diqqatni jalb etadi. Aynan o’shanday qismlarni o’tkir rangli bo’yoqlar bilan ajratib dizayn qilish mumkin. Zalning pol qismini ajrata olmasangiz ham devor va shiftning bir qismini o’tkir rang bilan bo’yab, bunday alohida qismlarni yaratish mumkin.

Shuningdek, bir makon bilan ikkinchi makon orasidagi bo’shliqlarni turli ranglar bilan bo’yash orqali makonlarning ahamiyatini ifoda etish mumkin. Agar bir xonaning ichida ikki turdagi bo’lim mavjud bo’lsa ikkinchi bo’limni boshqa rang bilan bo’yab ajratish to’g’ri tanlov bo’lib hisoblanadi. Misol uchun dam olish xonaningiz bilan oshxonaningiz bir makonning o’zida dizayn qilingan bo’lsa va orada devor bo’lmasa, oshxonangizni o’zini ajratib turuvchi rang bilan bo’yashingiz ma’qulroq bo’ladi. Bir bo’lim ikki xil rang bilan bo’yalgan bo’lsa, ikkala bo’limni ajratib turuvchi omil bo’lib xizmat qiladi.

Shuningdek bir xonadonning kirish koridori bo’lmasa yoki kirish koridori kichkina bo’lsa, kirish eshigining atrofini devor rangidan qo’yiq yoki ochiq boshqa rang bilan bo’yab qo’ysangiz go’yoki alohida bo’lmaga o’xshab qoladi va kenglik aks ettiradi.