30 yildan ortiq vaqt davomida xalqaro brendlarni sotish va tarqatish bo’yicha faoliyat ko’rsatib katta tajribaga ega bo’lgan Inoria nomli jamiyatimiz, «Yangi boshlang’ich sizga hayotingizni xohlagan ranglar bilan to’ldirish imkoniyatini beradi» shiori bilan bo’yoq tarmog’iga ildam qadam bilan oyoq bosdi.

«Yangilik, yahshilik olib keladi» degan talqin bilan, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalangan holda, qolaversa Yevropa standartlari darajasida sifatli, yangicha yo’nalishda, atrof muhitga zararsiz mahsulotlarni ishlab chiqarib, O’zbekistondek qadim mamlakatning bo’yoq tarmog’iga o’zgacha brend olib kirishni maqsad qildik.

O’zbekiston respublikasi iqtisodiyotiga va bo’yoq tarmog’ining rivojlanishiga katta hissa qo’shuvchi mahsulotlarimiz va yangicha yo’nalishimiz bilan, sizlarni hayotning turli ranglarini qaytadan va yangidan kashf etishga chaqiramiz.

  • Atrof muhitga, tabiatga va insonlarga zararsiz sharoitlarda bo’yoq ishlab chiqarish,
  • Birinchi o’rinda tanlanadigan bo’yoq brendi saviyasiga chiqish,
  • Kiritadigan sarmoyamiz va tashkillashtiradigan ish joylarimiz bilan mamlakat iqtisodiyotiga hissa qo’shish,
  • Xodimlarimizni o’z ishida mutaxassislashtirib, namunali jamiyat bo’lish.
  • 5 yil mobaynida O’zbekistonning bo’yoq sanoatida eng katta uchta kompaniya qatoriga kirish,
  • Bo’yoq sanoatida yangicha yo’nalish yaratish va old safda o’rin olish.

2022 yil 1 yanvar

O’zbekistondagi birinchi antibakterial suv asosli bo’yoq: Amber Inoria!

Inoria o’z mijozlariga 21-asr texnologiyasi bilan yaratilgan birinchi «aqlli» antibakterial bo’yoqni taklif qiladi.

Ko’proq o’qish

2022 yil 1 yanvar

Inoria endi Instagram’da rasmiy sahifaga ega!

Foydali ma’lumotlar, ajoyib takliflar va aktsiyalarni almashish, yangi mahsulotlarni va yangiliklarni e’lon qilish uchun yana bir platforma! Instagram Direct orqali mahsulot assortimentimiz haqida savollar berishingiz mumkin. Bizni kuzatib boring! @inoria.uz